CCognita AI ← Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil

Cognita.uz (keyingi o'rinlarda — "biz", "platforma") O'zbekiston maktablari uchun interaktiv o'quv platformasidir. Ushbu maxfiylik siyosati biz qanday ma'lumotlarni yig'ishimiz, ulardan qanday foydalanishimiz va ularni qanday himoya qilishimizni tushuntiradi.

1. Biz yig'adigan ma'lumotlar

  • Hisob ma'lumotlari: ism, elektron pochta, foydalanuvchi nomi.
  • Ijtimoiy login orqali: Google, Facebook yoki Telegram orqali kirganingizda — ismingiz, elektron pochtangiz (mavjud bo'lsa) va profil rasmingiz. Parolingizni yoki boshqa maxfiy ma'lumotlarni olmaymiz.
  • Faoliyat ma'lumotlari: test/quiz natijalari, ballar, o'yin tarixi.

2. Ma'lumotlardan foydalanish

  • Hisobingizni yaratish va tizimga kirish uchun.
  • Test, quiz va o'yinlarni taqdim etish, natijalarni saqlash va reyting ko'rsatish uchun.
  • Platformani yaxshilash va xavfsizligini ta'minlash uchun.

3. Ma'lumotlarni ulashish

Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi tomonlarga sotmaymiz va ijaraga bermaymiz. Ma'lumotlar faqat platforma ishlashi uchun zarur xizmatlar (masalan, autentifikatsiya provayderlari) doirasida ishlatiladi.

4. Cookie va sessiyalar

Tizimga kirganingizda sessiyangizni saqlash uchun xavfsiz tokenlardan (JWT) foydalanamiz. Bu ma'lumotlar reklama maqsadida ishlatilmaydi.

5. Xavfsizlik

Ma'lumotlaringiz shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi va himoyalangan serverda saqlanadi. Parollar shifrlangan (hash) ko'rinishda saqlanadi.

6. Ma'lumotlarni o'chirish

Hisobingizni va u bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun admin@cognita.uz manziliga elektron pochta yuboring — so'rovingiz 30 kun ichida bajariladi. Ijtimoiy tarmoq (Google/Facebook/Telegram) orqali kirган bo'lsangiz, o'sha hisob bog'lanishini ham bekor qilamiz.

7. Bolalar maxfiyligi

Platforma maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Voyaga yetmaganlarning ma'lumotlari faqat ta'lim maqsadida, o'qituvchi/maktab nazorati ostida qayta ishlanadi.

8. O'zgarishlar

Ushbu siyosatga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida platforma orqali xabar beramiz.

9. Aloqa

Savollaringiz bo'lsa: admin@cognita.uz

© 2026 Cognita.uz