Alifbo AI — maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 24-oktabr (yangilangan: 24-oktabr — yangilanish tekshiruvi) · Amal qiladi: Alifbo (Windows) dasturining Cognita orqali ishlaydigan AI funksiyalariga
Alifbo — Sharopov Jahongir (sharopov.uz) tomonidan yaratilgan Windows dasturi. Uning yozuvlar oʻrtasida oʻgirish va qoidalarga asoslangan imlo tekshiruvi kabi asosiy funksiyalari internetsiz ishlaydi va hech qanday maʼlumotni tashqariga yubormaydi. Bu sahifa faqat AI funksiyalari haqida: AI tarjima, AI imlo tekshiruvi va fayl tarjimasi. Ular siz Cognita akkauntingiz bilan oʻzingiz kirgan va funksiyani oʻzingiz ishga tushirgan paytdagina ishlaydi.
1. Qaysi maʼlumot qayerga yuboriladi
| Maʼlumot | Qayerga | Nima uchun |
|---|---|---|
| Siz tanlagan matn yoki hujjat boʻlaklari (segmentlar), glossariy, hujjat mavzusi | Cognita serveri → Anthropic (Claude AI) API | Tarjima yoki imlo tekshiruvi natijasini olish |
| Yuklangan fayl (PDF, DOCX, TXT) | Cognita serveri (vaqtincha) → matni Anthropic API’ga | Fayl tarjimasi |
| Ism va email (faqat «profile» ruxsati bilan) | Alifbo dasturiga | Kim kirganini dasturda koʻrsatish |
| Sarf hisobi: belgilar soni, token soni, model nomi, vaqt, holat | Cognita maʼlumotlar bazasi | Kunlik limit va statistika |
AI provayderi — Anthropic PBC (AQSh), Claude modellari. AI kaliti faqat Cognita serverida saqlanadi; Alifbo dasturida hech qanday AI kaliti yoʻq.
1a. Yangilanish va yangiliklarni tekshirish
Agar sozlamalarda «Yangiliklar va yangilanishlarni tekshirish» yoqilgan boʻlsa (birinchi ishga tushishda soʻraladi, istalgan payt oʻchirish mumkin), Alifbo ochilganda va taxminan har 6 soatda Cognita’ga qisqa soʻrov yuboradi. Unda faqat: dasturning tasodifiy oʻrnatish raqami (dastur oʻzi yaratadi, shaxsingizga bogʻliq emas), dastur versiyasi, operatsion tizim turi va versiyasi, interfeys tili. Siz Cognita’ga kirgan boʻlsangiz — qaysi akkauntga ulanganligi. Matnlaringiz, fayllaringiz va IP manzilingiz yuborilmaydi va saqlanmaydi. Bu maʼlumot yangi versiya va muhim xabarlarni yetkazish hamda nechta qurilmada ishlatilayotganini hisoblash uchun kerak. 400 kun faol boʻlmagan oʻrnatish yozuvi oʻchiriladi.
2. Nima saqlanadi va qancha
- Matnlar mazmuni Cognita’da saqlanmaydi. Tarjima va tekshiruv soʻrovlari xotirada ishlanadi, javob qaytgach unutiladi. Matnlar server jurnallariga (log) ham yozilmaydi — xato jurnalida faqat soʻrov ID raqami va xato turi boʻladi.
- Yuklangan fayllar va ularning natijalari 24 soatdan keyin avtomatik oʻchiriladi. Natijani yuklab olgach, Alifbo’dan faylni darhol oʻzingiz ham oʻchirishingiz mumkin.
- Sarf hisobi (belgilar soni, sana, model, holat — matnsiz) limitlar va statistika uchun saqlanadi.
- Kirish tokenlari bazada faqat shifrlangan xesh koʻrinishida saqlanadi. Access token 60 daqiqa, refresh token 30 kun amal qiladi.
3. Anthropic tomonida
- Cognita Anthropic API’dan tijoriy shartlar asosida foydalanadi: API orqali yuborilgan maʼlumotlar modelni oʻqitishga ishlatilmaydi.
- Anthropic API maʼlumotlarini xavfsizlik va qonunchilik talablari uchun cheklangan muddat saqlashi mumkin, soʻng oʻchiradi. Joriy shartlar: anthropic.com/legal/commercial-terms va privacy.anthropic.com.
- Maʼlumotlar Anthropic’ga shifrlangan (HTTPS) kanal orqali yuboriladi.
4. Ulanishni boshqarish va oʻchirish
- Alifbo’dagi «Chiqish» tugmasi tokenlarni darhol bekor qiladi.
- Cognita’da Hamyon → Ulangan ilovalar boʻlimida Alifbo ulanishini istalgan payt bekor qilasiz.
- «Barcha qurilmalardan chiqish» yoki parolni almashtirish Alifbo ulanishlarini ham bekor qiladi.
- Sarf hisobi yoki akkauntni oʻchirish uchun aloqa sahifasi orqali murojaat qiling.
5. Xavfsizlik
- Faqat HTTPS (HSTS bilan). Kirish standart OAuth 2.0 + PKCE orqali: parolingiz Alifbo’ga berilmaydi, u faqat Cognita sahifasida kiritiladi.
- Fayllar turi va hajmi tekshiriladi (≤ 20 MB; PDF, DOCX, TXT), makrosli hujjatlar qabul qilinmaydi.
- Soʻrovlar soni va kunlik belgilar limiti bilan cheklangan.
Savollar boʻyicha: cognita.uz/aloqa. Siyosat oʻzgarsa, shu sahifa yangilanadi va sana koʻrsatiladi.